13 fevral kuni har yili ötkaziladigan World Press Photo fotojurnalistikasi tanlovining ğoliblari e'lon qilindi. Quyida uşbu fotosuratlar va ularning mualliflari bilan yaqindan tanişişingiz mumkin. World Press Photo talqini böyiça 2016 yilning eng yaxşi fotosuratlari

1. Boş mukofot Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning qotili Mavlut Oltintoşni suratga olişga muvaffaq bölgan Associated Press fotomuxbiri Burxon Özbilijiga nasib etdi.

2. “Kundalik hayot. Yakkalik surat” yönalişi böyiça ğolib. 28 yaşar hamşira va faol Leşia Evans AQŞdagi Baton Ruj şahrida politsiyaning şafqatsiz harakatlariga qarşi ötkazilgan norozilik namoyişida. 2016 yilning iyul oyida politsiya xodimlari afroamerikalik 37 yaşar Elton Sterlingni otib taşlaşadi. Bu miting va norozilik namoyişlarini boşlanib ketişiga sabab böladi.

3. “Kundalik hayot. Yakkalik surat” yönalişi böyiça ikkinçi örin. Qoçqinlar tösiqlar oşa Makedoniyaga kirişga harakat qilişmoqda.

4. “Kundalik hayot. Yakkalik surat” yönalişi böyiça uçinçi örin. Liviyadagi vaqtinçalik markazda joylaştirilgan nigeriyalik qoçqinlar.

5. “Odamlar. Yakkalik surat” yönalişi böyiça uçinçi örin. Bunga «Kommersant'» naşri fotomuxbiri Kristina Kormilitsyna “Işonç” fotosurati tufayli loyiq körildi. Surat Kubada olingan. Kamaguey şahridagi politsiya uçastkasi. Fidel Kastro vafotidan bir neça kun keyin.

6. “Tabiat. Yakkalik surat” yönalişi böyiça birinçi örin. Toşbaqa baliqçilar töriga tuşib qoldi. Tenerife, Ispaniya, iyun, 2016 yil.