Agar Rossiya janubiy Kuril orollarini Yaponiyaga berişga könsa, bu hududda Amerika va Yaponiyaning xavfsizlik sohasida tuzilgan hamkorlik kelişuvi amalda böladi. Bunday bayonot Yaponiya taşqi işlar vaziri Fumio Kisida tomonidan berildi.

«Bu holatda Yaponiya va AQŞ kelişuviga köra, Yaponiyaning boşqa hududlari kabi kelişuvning 5 moddasi qöllanadi», — degan Kisida. Uning aniqlik kiritişiça, kelişuv Vaşington Yaponiya hududlarini taşqi duşmanlardan himoya qilişni kafolatlaydi.

Bundan oldinroq, 11 fevral kuni Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Kuril tizmasidagi beşta nomsiz orolga nomlar berilişi haqidagi farmoyişni imzolagan edi. Köp ötmasdan Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suga Yaponiya Kuril tizmalaridagi beşta orolga nom berilişi munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirgani haqida ma'lum qildi.

«Bu bizning mamlakatimiz pozitsiyasiga töğri kelmaydi va açinişni keltirib çiqaradi. Diplomatik kanallar orqali 13 fevral kuni Rossiyaga norozilik bildirildi», — dedi Suga.

Yaponiya Kuril tizmasidagi 4ta orolga, RF tarkibidagi orollarga da'vogarlik qiladi va tizmaning janubiy qismini «Yaponiyaning azaliy hududi» deb hisoblaydi. Moskva bu masalada yon bermay kelmoqda.

«Avvaliga tinçlik kelişuvi tuzilişi kerak, keyin deklaratsiya kuçga kiradi [1956 yilgi deklaratsiya] va 2 orol Yaponiyaga beriladi», — degandi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ötgan yilning 13 dekabrida Yaponiyaga taşrifidan oldin.

Moskva va Tokio ötgan asr örtalaridan buyon Ikkinçi jahon uruşi yakunlari böyiça tinçlik şartnomasini işlab çiqiş masalasida tanaffuslar bilan maslahatlaşuvlar olib bormoqda. Bunga Kurilning janubiy qismi kimga tegişliligi muammosi asosiy tösiq bölib qolmoqda.

2016 yil dekabrida Putinning Yaponiyaga taşrifi doirasida ikki tomon Janubiy Kuril orollarida birgalikda xöjalik faoliyatini yuritiş böyiça maslahatlaşuvlarni boşlaşga kelişib olgani xabar qilingan edi. Bu sohalar orasida baliqçilik, turizm, soğliqni saqlaş, ekologiya va boşqa yönalişlar borligi bildirilgan.