Yangi Zelandiya, Avstraliya va Yangi Kaledoniya geologlari Tinç okeanining janubiy-ğarbiy qismida suv ostida Yerning sakkizinçi qit'asi – Zelandiya joylaşgan degan xulosaga kelişdi. Bu haqda Nature News naşri xabar bermoqda.
Yangi qit'aning maydoni 5 mln kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Uning katta qismi – taxminan 94 foizi suv ostida joylaşgan, yer usti qismi orasida Yangi Kaledoniya va Yangi Zelandiyaning Janubiy va Şimoliy orollari bor.

Olimlarning baholaşiça, yangi qit'a qadimiy Gondvana superqit'asidan 100 mln yil avval ajrala boşlagan. Bu yer qobiğining deformatsiyasiga olib kelgan, natijada qit'aning katta qismi suv ostida qolgan. Geologlar öz xulosalarini sun'iy yöldoşdan olingan kuzatuvlar, jumladan gravimetriya bilan tasdiqlaşmoqda. Gravimetriyaga köra, Zelandiya örnida okean qobiği yoki vulqon jinslari emas, balki materik qobiği joylaşgan.

Olimlar şu sababli yangi qit'ani ham geografik qit'alar qatoriga kiritib, ular sonini 7 tadan (Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Antarktida, Şimoliy va Janubiy Amerika) 8 tagaça oşirişni taklif qilişmoqda.









