SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasiga uchirilishi kerak bo‘lgan Dragon yuk kemasining parvozini startga 13 soniya qolganda bekor qildi.

Kompaniya rahbari Ilon Maskning aytishicha, bunga Falcon 9 raketa-tashuvchisi dvigatelining yuqori pog‘onasidagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Kompaniya muhandislari nosozlik sababini aniqlamoqdalar.

Raketa parvozi Toshkent vaqti bilan 19 fevral soat 19:38ga ko‘chirildi.