SpaceX kompaniyasi Floridadagi Kosmik markaz start maydonçasidan Oyga qönişni amalga oşiradigan ikkita apparat ortilgan Falcon 9 raketasini uçirdi.

Kosmosga uçirilgan apparatlardan biri Blue Ghost bölib, u Amerikaning Firefly kompaniyasiga tegişli. Firefly — NASA pudratçisi va Artemis dasturi iştirokçisi. Uşbu dastur doirasida AQŞ kosmik agentligi Oyga astronavtlarni qayta yuborişni reja qilgan.

Resilience nomi ostidagi ikkinçi apparat Yaponiyaning Ispece kompaniyasiga tegişli. 2023 yilda Ispece’ni Oyga qöndirmoqçi bölişgan, ammo u yonilğining yetarli emasligi bois yumşoq qönişni amalga oşira olmay, qulab tuşgan. Yangi missiya birinçi parvozdagi xatoliklarni töğirlaşga qaratilgan.

Birinçi marta kosmosga uçirilgan Blue Ghost Oyga yetib borişi uçun 45 kun kerak böladi. Resilience esa uşbu masofani beş oyda bosib ötadi, çunki u «kam energiyali trayektoriya» böylab harakatlanadi.

Blue Ghost Oyda ikki hafta işlaşi kerak. Uning bortida sun’iy yöldoş navigatsiyasini testdan ötkazişga möljallangan uskunalar, yuqori radiatsiyaga bardoş bera oladigan kompyuterlar va tabiiy yöldoş tuproğini töplaşga xizmat qiladigan uskunalar mavjud.

Resilience esa Oy yuzasini tadqiq qiluvçi u qadar katta bölmagan Tenacious lunoxodini olib ketgan. Uning bortida suv elektrolizi uçun qurilma va suv ötlari östiriladigan blok mavjud. Tajriba kelajakda Oyda oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş imkoniyatlarini yölga qöyişga yönaltirilgan.

Missiya muvaffaqiyatga erişgudek bölsa, bu Oyga uçirilgan birinçi tijoriy parvoz böladi.