Amerikaning Falcon 9 taşuvçi raketasi orbitaga 30 ta mikro sun’iy yöldoşni, jumladan, Janubiy Koreya harbiy apparatini orbitaga uçirdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, raketa Kaliforniyadagi Vanderberg kosmik kuçlari bazasidagi SLC-4E start maydonçasidan uçirilgan.

Bandwagon-2 missiyasi doirasida 29 ta tijoriy, şuningdek, 30-50 sm aniqlikdagi tasvirlarga olişga qodir Janubiy Koreya hukumatining optik-elektron razvedka apparatini orbitaga olib çiqqan.

Oğirligi 50 kilogrammgaça bölgan kiçik ölçamdagi har bir sun’iy yöldoşni orbitaga olib çiqişga 300 ming dollar sarflangan.

21 marta foydalanilgan taşuvçi raketaning birinçi köp martalik poğonasi Vanderberg bazasidagi maydonçaga boşqariluvçan vertikal qönişni amalga oşirgan.

Avvalroq Falcon 9 raketasi AQŞ Harbiy-havo kuçlarining uçinçi avlod GPS III global sun’iy yöldoş tizimini orbitaga olib çiqqandi. Undan oldin esa Falcon 9 raketa taşuvçisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmoği uçun yana 20 ta sun’iy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqişga muvaffaq bölgan edi.