2016 yildan boşlab haydovçisiz avtomobillar örtasida xalqaro musobaqa Roborace rasmiy poyga hisoblanadi va uning maqsadi sun'iy ong imkoniyatlarini namoyiş qilişdan iborat. 19 fevralda Buenos-Ayresda Formula E trassasida ikkita haydovçisiz poyga maşinasi prototipi bellaşdi.
 
Maşinalar nisbatan katta bölmagan tezlikda harakatlandilar, biroq marraga soatiga 185 km tezlik bilan kelgan bir maşinagina öz imkoniyatlarini namoyiş qila oldi. Ikkinçi maşina marraga yetib bora olmadi. Bunga u burilişni keskin boşlab, boşqaruvni qöldan çiqargani sabab böldi. 

Poyga taşkilotçilari töqnaşuvda birorta poygaçi jabr körmaganini aytib, bunday poygalarning ustunligini qayd qilişdi. Hozirça bir narsa aniq böldi: töqnaşuvga uçragan avtomobil uçun dasturiy ta'minot yaratganlar hali öz ustlarida işlaşlari kerak ekan. 

Foto: Twitter.com/@Autoblogcomar

Avtomobillar oddiy  poyga maşinalaridan unça farqlanmaganlar: ikkala bolidning konstruksiyasida haydovçi uçun örindiqlar mavjud bölib, biroq poyga vaqtida bu örindiqlar böş bölgan. Maşina yaratuvçilarining aytişlariça, uşbu sinov modellari yanada takomillaşadi. Haydovçisiz poyga avtomobillari avval ham oddiy treklarda sinalgan, biroq avtopilotda işlovçi ikkita elekrobolid bunday şaroitlarda ilk marta bellaşdi.

Formula Ye poygalari Xalqaro avtomobil federatsiyasi FIA’ning  batareyalarda işlovçi va elektroprivodlar evaziga harakatlanuvçi elektr poyga bolidlari çempionati hisoblanadi.

Foto: Twitter.com/@Autoblogcomar