Argentina poytaxti Buenos-Ayresda 25 noyabrda vafot etgan argentinalik sobiq futbolçi Diyego Maradonaning dafn marosimiga kelgan odamlar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar yuz berdi.
Töqnaşuvlar Maradonaning dafn marosimi ötayotgan prezident saroyi Casa Rosada oldidagi maydonga olib boruvçi köçalar kesişmasida boşlangan. Politsiya rezina öqlar va közni yoşlatuvçi gaz qöllab, odamlarni çorrahadan bir neça kvartal narilatgan.
Argentinaning TN24 telekanali xabar berişiça, töqnaşuvlar mamlakat prezidenti Alberto Fernandes marhum futbolçi bilan vidolaşiş uçun vaqt qisqartirilganini e'lon qilgandan keyin boşlanib ketgan.
Töqnaşuvlar boşlangandan keyin köçalardan birida kiçik tiqilinç yuz bergan. Dafn marosimiga kelganlar öqlardan qoça boşlaşgan. Şundan keyin çorraha boşida politsiya kardoni qöyilgan.
Ta'kidlanişiça, ikki kişi qölga olingan. Töqnaşuvlar vaqtida jabrlanganlar bölgani ma'lum qilinmagan.
Bu orada Infobae portalining xabar berişiça, 9 kişi vandallik, tartibsizliklar uyuştiriş, hokimiyat vakiliga qarşilik körsatiş uçun uşlangan.
Keyinroq Argentina prezidenti marhum futbolçi bilan vidolaşişni istayotganlar köpligi sababli uning qizlari bilan dafn marosimini soat 19gaça (Toşkent vaqti bilan 27 noyabr soat 3) uzaytirişga kelişib olgan. Avvalroq marosim ötayotgan prezident saroyi soat 16da yopilişi rejalaştirilgandi.
Diyego Maradona 25 noyabrda 60 yoşida hayotdan köz yumdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uning ölimiga yurak xuruji sabab bölgan. Futbolçining vafoti tufayli Argentinada 3 kunlik motam e'lon qilingan. Ta'kidlanişiça, Maradona poytaxt taşqarisida joylaşgan qabristonda dafn etiladi.
Ma'lumotlarga köra, prezident saroyida oxirgi marta bunday dafn marosimi 10 yil avval Argentinaning sobiq prezidenti Nestor Kirşner oxirgi manzilga kuzatilganda ötgan. Mamlakat rahbariyati pandemiya sababli çeklovlar amal qilayotganiga qaramay, barça istovçilarga Maradona bilan vidolaşişga ruxsat bergan.









