Buenos-Ayresdagi “Katta yigirmatalik” sammiti öz nihoyasiga yetdi. Xalqaro uçraşuv yirik davlatlar yetakçilari iştirokidagi qiziq voqealar bilan ança vaqt esda qolsa, ajabmas.

Quyida sammitda yuz bergan bunday voqealar keltirilgan.

Qiziq voqealar G20 davlatlari yetakçilari kutib olingan aeroportdayoq boşlangan. Xitoy delegatsiyasi kutib olinişi vaqtida Si Tszinpinga atalgan “Xuş kelibsiz” sözlari delegatsiyaning boşqa a'zosiga aytilgan. Germaniya kansleri Angela Merkelga samolyoti buzilib, Buenos-Ayresga oddiy reysda borgani sabab bunday qabul umuman nasib qilmagan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Buenos-Ayresga vaqtida yetib kelişgan bölsa-da, ularni trap oldida Argentina rasmiy şaxslaridan heç kim kutib olmagan. Keyinroq ma'lum bölişiça, bunday diplomatik xijolatbozlikka Makronning vakillari sababçi bölişgan. Ular Argentina vakillariga trap oldiga borişga signalni keçikib berişgan.

Umuman Makronning sammitdagi iştiroki noqulay vaziyatlarga ança boy böldi. Uning Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon bilan kuluarlardagi suhbati videoga tuşib qolgan va turli munozaralarga sabab bölgan. 

“Bezovtalanma”, deb Makronni yupatişga harakat qilgan valiahd şahzoda suhbat davomida. “Men bezovtalanmayapman. Men taşvişlanmoqdaman... Men senga aytuvdim-ku”, deb aytgan Makron şahzodaga va “Sen meni heç qaçon eşitmaysan”, deb ta'na ham qilib qöygan. “Yöq, men seni albatta eşityapman”, deb javob qilgan şahzoda.

Makron ma'muriyatida uşbu holat yuzasidan internetda paydo bölgan turli kinoyalarga çek qöyiş maqsadida Makron valiahd şahzoda bilan suhbatda jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi va Yamandagi vaziyatdan taşviş bildirgani ma'lum qilingan.

Şuningdek, jurnalistlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Tramp suratga tuşiş marosimida bir-birlari bilan söraşişmaganiga e'tibor qaratişgan. Suratga tuşiş vaqtida esa ularning ikkisi maxsus podiumning turli tomonlarida turişgan.