30 noyabrdan 1 dekabrgaça Argentina poytaxti Buenos-Ayresda G20 davlatlari sammiti bölib ötdi. Uşbu sammitda dunyoning rivojlangan yigirma davlati yetakçilari özaro maslahatlaşuvlar olib borişdi. G20 özi nima, u qaçon taşkil etilgan va taşkil etilişidan maqsad nima?
Dastlab 33ta, hozirda 20ta
«Katta yigirmatalik» (G20 - The Group of Twenty, major advanced and emerging economies) — dunyoning eng rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari hukumatlari va markaziy banklari rahbarlari iştirokidagi klub. G20 jahondagi yalpi milliy mahsulotning 85 foizini, jahondagi jami savdoning 75 foizini hamda dunyo aholisining uçdan ikki qismini taşkil etadi.
G20 ötgan asrning 90-yillarida, Osiyo mamlakatlari moliyaviy inqirozni boşidan keçirayotgan, Ğarb davlatlari esa bunga qanday çora körişni bilmayotgan bir paytda taşkil etilgan. Öşanda «Katta sakkizlik» moliya vazirlari moliya siyosatidagi muammolarni muhokama qiluvçi davlatlar doirasini kengaytiriş taşabbusi bilan çiqişgan va Xitoy, Hindiston kabi yirik davlatlarni öz davralariga taklif etişgan. Uşbu davraning bölajak iştirokçilarini AQŞ va Buyuk Britaniya tanlagan. 1997 yilda G33 — 33 mamlakatdan iborat guruh taşkil etildi, 1999 yilda uning örnini G22 egalladi va bir yil ham ötmay öz örnini G20’ga böşatib berdi.
Bugungi kunda 20ta mamlakat - Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi taşkilot a'zolari hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi nomidan Yevropa komissiyasi va Yevropa kengaşi raislari iştirok etadi. Ulardan taşqari, G20 uçraşuvlarida Moliyaviy barqarorlik kengaşi, Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon savdo taşkiloti, BMT va Jahon banki kabi xalqaro taşkilotlar vakillari ham qatnaşişadi.
Darvoqe, 1999 yil dekabrida Berlinda bölib ötgan ta'sis konferensiyasidan söng G20 haqida deyarli unutildi. 2008 yilda boşlangan yangi moliyaviy inqirozgaça sammitlar ötkazilmadi: asosan moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlari uçraşib turişdi.
Birinçi, «inqirozga qarşi» deb nomlangan sammit 2008 yil noyabrda Vaşingtonda, keyingisi 2009 yil Londonda ötkazildi va öşa yilning sentabrida «yigirmatalik» Pittsburgda yiğildi.
Iqtisodiy inqiroz vaqt ötib çekindi va G20 siyosiy darajaga kötarildi.
Argentina sammitida nimalarga kelişib olindi?











