Argentina poytaxti Buenos-Ayresda “Katta yigirmatalik” sammiti davlatlar yetakçilarining işçi yiğilişi bilan boşlandi. 

Yiğilişni guruhda raislik qilayotgan Argentina prezidenti Maurisio Makri oçib berdi. Yiğiliş “Halol va barqaror kelajak” şiori ostida ötadi.

Germaniya kansleri Angela Merkel samolyoti bilan yuz bergan muammo sababli sammitning birinçi kunini ötkazib yuboradi. Ta'kidlanişiça, kansler Argentinaga 30 noyabr keçki payt yetib keladi. Şu sababli uning AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Tszinpin bilan 30 noyabrga belgilangan uçraşuvlari bekor qilindi.

Sammitning asosiy mavzusi an'anaviy ravişda savdo, raqamli iqtisodiyot, iqlim özgarişlari, barqaror rivojlaniş va gender tenglik böladi.

Biroq AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo ziddiyatlari sammitning muvaffaqiyatli ötişini şubha ostiga qöymoqda. 

“Yigirmatalik guruhi” (G20)  global iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun möljallangan yirik forum hisoblanadi. G20 dunyoning yirik rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarini birlaştiradi, bu davlatlar hisobiga dunyo yalpi içki mahsulotining 85 foizga yaqini töğri keladi.