Muqaddas dinimiz kişilarni mehnatga, mehnatsevarlikka çorlaydi. Uning hayotbaxş ta'limotlarida kasb-hunar, omilkorlik, çorvaçilik, dehqonçilik, usta-hunarmandlik, tijoratçilik, bozorgonlik, işçi-xizmatçilik kabi insonning öziga ham, jamiyatga ham, atrof-muhitga ham ulkan foyda va manfaatlar keltiradigan halol işlar bilan şuğullaniş orqali farovon turmuşga erişuvi keng kölamda tarğib va taşviq etiladi.
Ma'lumki, ribo-sudxörlik barça dinlarda man qilingan. Uning qattiq taqiqlanişiga köp sabablar bölib, ulardan biri tayinli, foydali mehnat qilmagan, maşaqqatsiz, birovlar hisobiga boyiş ekanligini köramiz. Dinimiz ribodan qaytarar ekan, tijorat, tadbirkorlik, ziroatçilik, çorvaçilik, hunarmandlik va boşqalar kabi zaminni obod qilib, gurkiratadigan, jamiyatga faqat aniq foyda keltiradigan işlarni amalga oşirişga buyuradi. Köryapsizmi, halol mehnat evaziga boylik orttirilganida nafaqat insonning özi, balki el-yurt, atrof-muhit ham manfaat köradi. Işsizlik muammosiga zarba beriladi, meva-çeva, mol-hol köpayadi, bozorlar turli savdo mollari bilan tölib toşadi, imoratlar qad rostlaydi.

Dangasalik, işyoqmaslik esa avvalo insonning öziga, undan keyin boşqalarga ham zarar yetkazadi. Dangasa odam hayotda köp narsaga erişolmaydi. Vaholanki, bu hayot doimiy harakatda, özgariş va yangilanişda bölib, bir bosqiçda töxtab, qotib turmaydigan jarayondir. Ma'lumki, har bir oilaning öziga yaraşa kam-köstlari, ehtiyojlari böladi, farzandlar ösib-ulğayib oyoqqa turguniga qadar ularning ta'minoti bilan şuğullaniş kerak. Lekin oila boşliği tanbal va işyoqmas bölsa, ortib boruvçi ehtiyojlar oxir-oqibat uni boşi berk köçaga olib kiradi. Nihoyat, tanbal odam tilançilik qilişga, ğururini toptab, hammadan yordam söraşga majbur böladi. Yalqovlik unga dunyo va oxiratda xorlik keltiradi.
Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Jonim izmida bölgan Zotga (Allohga) qasam, biringiz arqonini olib, ötin terib, yelkasida kötarib keltirişi va uni sotib, puliga özi ham yeb, sadaqa ham qilişi Alloh taolo fazlidan ato qilgan boy kişining oldiga kelib tilanişidan yaxşiroqdir. Holbuki, u kişi yo beradi, yo bermaydi”(Muttafaqun alayh).

Darhaqiqat, inson tilançilikni öziga kasb qilganidan köra ötin terib kelib, hayot keçirgani ming marta yaxşiroqdir. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan boşqa bir hadisda: “Kişi tilançilik qilaverib, oxiri yuzida bir parça ham göştsiz holda Allohga yöliqadi”, deb ogohlantiriladi (Imom Buxoriy, Imom Muslim).

Uşbu hadis mazmuniga köra tilanişni öziga kasb qilib olgan, işlamasdan, faqat tama bilan tilaniş bilan umr keçiruvçi kişi Allohga yölliqqanida yuzida göşti bölmas ekan. Bu har holda mukofot emas, balki jazoning bir turi ekani aniq. Çunki yuz göşti bilan çiroyli. Agar yuzda göşt bölmasa, yuz terisi suyaklarga yopişib, çakaklar va yonoq suyaklari börtib çiqib, köz içkariga kirib ketib, kişining qiyofasi qandaydir sovuq va yoqimsiz tusga kiradi. Şu bois yuzining suvini ketkazib, uni qora qilib, doim birovlardan pul söraş bilan yaşagan odamning öz nafsiga nisbatan sodir qilgan jinoyati qiyomatda öziga şu yösinda körsatib berilsa, ajab emas. Bunday holga tuşişdan Allohning özi asrasin!..