Antaliya endilikda sayyohlar uçun Nemo Primero deb nomlanuvçi kemada suv osti ekskursiyasini taqdim etadi.
Antaliya provinsiyasi gubernatori Munir Qoraöğli Nemo Primero suv osti sayyohlik kemasida sayohat qilgan ilk iştirokçiga aylandi.
Nemo Primero 20 metr çuqurlikda suv qa'riga tuşdi.
Qoraöğlining jurnalistlarga bergan ma'lumotiga köra, joriy yilning aprel oyidan sayyohlar Nemo Primero kemasida suv tubiga sayohat qilişi mumkin böladi.

“Sayyohlar endilikda Antaliya akvatoriyasining suv osti dunyosi bilan yaqindan tanişişga muvaffaq bölişadi”, - dedi gubernator.

Uning sözlariga köra, hattoki, turizm uçun eng oğir davr hisoblangan 2016 yilda ham Antaliyaga 6,5 milliondan ortiq sayyoh taşrif buyurgan.

Gubernatorning fikriça, 2017 yilda provinsiya mazkur sohada yanada yuqori körsatkiçlarni qayd etişi kutilmoqda.








