Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda 63 yoshli ayol qiz farzandni dunyoga keltirdi
Dubayda 63 yoshli ayol sog‘lom qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqida GulfNews nashrida xabar berildi.
Bola yakshanba kuni ertalab tug‘ilgan bo‘lib, uning vazni 2,25 kilogrammni tashkil qilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayol homiladorlikning 32-haftasida shifoxonaga joylashtirilgan. Unga Hindistonda EKU amaliyoti o‘tkazilgan. Homiladorlik davrida ayolning sog‘lig‘ida ko‘plab muammolar yuzaga kelgan.
Chaqaloqning ota-onasi (ota - 61 yoshda, ona 63 yoshda) o‘z ismi sharifini oshkor qilishni istashmadi. Shunga qaramay, ayol ular qiz farzandli bo‘lganidan juda xursand ekanliklarini yashirmadi.
Shifoxonadan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ayolning avvalgi oilasidan ikki nafar katta yoshli farzandi bor.
Hozirda bola intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan, uning ahvoli ijobiy baholanmoqda. Onaning ahvoli ham juda yaxshi bo‘lib, ularning yaqin kunlarda oilasi bag‘riga qaytishi mumkinligi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026