Pauerlifting va oğir atletika böyiça Uzoq Şarq çempioni Ivan Savkin 288 tonnalik elektrovozni tortişning uddasidan çiqdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
«Ob-havo pand berdi. Ikkinçi urinişdan söng elektrovoz 1,1 metrga tortildi. Sovuqda quyuqlaşib qolgan moy ham qöşimça yuk böldi», — degan Savkin.
Aktsiya Primoredagi Smolyaninovo qörğonida bölib ötgan. Sportçi videolavhani Ginness rekordlari kitobi rahbariyatiga yuborişni rejalaştirgan.
32 yoşli pauerlifter şu vaqtgaça köp tonnalik parom, aerobus, teplovoz, zenit-raketa kompleksi, pritsepli harbiy tyagaç, T-34 va T-54B tanklarini joyidan siljitişning uddasidan çiqqan.











