Panjoblik 25 yoşli Sandip Singx (Hindiston) tiş çötkasida basketbol töpini aylantiriş böyiça jahon rekordini yangiladi. Life şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Panjob şahrining mahalliy aholisi mazkur hodisaning guvohi bölişdi. Ularning köz oldida 25 yoşli Sandip Ginnesning Rekordlar kitobiga kirişga urinib kördi.
Guvohlar olgan videoda rekordsmen avval tiş çötkasini qölida uşlab turib, unda töpni aylantirib oladi, şundan keyin uni oğziga joylaydi. Bu vaqtda mahalliy aholi sekundomer bilan vaqtni nazorat qiladi. 53-soniyada töp aylanişdan töxtadi, şunday bölsa-da, yigit oldiga qöyilgan vazifaning uddasidan çiqadi.
"Jahon rekordini örnatiş - mening azaliy orzuim edi", deydi Sandip Singx.
Tiş çötkasida töp aylantiriş böyiça bundan avvalgi jahon rekordi 2012 yilning 19 aprelida Taneşvar Guragayyem tomonidan örnatilgan edi. U 22,41 soniya davomida tiş çötkasida basketbol töpini aylantirgan.











