Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari noqonuniy ravişda mahsulot olib kiriş bilan şuğullanayotgan huquqbuzarlar guruhini qölga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Xabarda aytilişiça “olingan operativ ma'lumotlar tekşiruvi natijasida Toşkent aeroportida çet eldan kelgan ikki Özbekiston fuqarosi qölga olingan. Ular 37 dona iPhone 7 smartfonini va uç dona HP noutbukini bojxona nazoratini çetlab ötgan holda, respublika hududiga olib kirişga uringan. Uşbu mahsulotlarning umumiy qiymati 150 million sömni taşkil qiladi”.
Şuningdek, qayd etilişiça, fuqarolar tintuvdan ötkazilganda ularning yonidan boşqa fuqarolarga tegişli bölgan 13 dona valyuta plastik kartoçkalari topilgan.
“Uşbu iş yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Bundan taşqari, jinoyatga aloqador bölgan, kontrabandistlar faoliyatini yaşirişga uringan Toşkent aeroporti bojxona xodimlari ustidan ham jinoiy iş qözğatildi”, deyiladi xabarda.












