YeÇL nimçorak finalning eng kuçsiz juftligi sifatida «Sevilya» va «Lester» qarama-qarşiligi tilga olinmoqda. Aslida ham şundaymi? Tribuna.Uz bu savollarga javob topişga urinib köradi.
Öyindan oldin
Sevilya

Ötgan haftada «Sevilya» atrofida gap-sözlar keng tarqaldi. «Barselona»ning muvaffaqiyatsizligidan keyin aynan andalusiyaliklar boş murabbiyi Xorxe Sampaoli jamoani boşqarişi mumkinligi aytildi. Ammo bu iş amalga oşgan taqdirda ham faqat yozda sodir bölişi mumkin. Jamoa çempionatda yaxşi öyin körsatmoqda. Sönggi uç uçraşuvda jamoa darvozasidan töp olib çiqmadi. Ikkitasida ğalaba qozondi. Jamoa «Real» va «Barselona»dan ortda qolmaslik maqsadida bor kuçi bilan harakat qilmoqda.
Lester

«Lester»da esa vaziyat butunlay boşqaça. Jamoa yangi yildan buyon APL doirasidagi uçraşuvlarda umuman gol kirita olmadi. Oltita öyinning beştasi imkoniyat boy berildi. Hozirga kelib 17-örindagi jamoani APL xavfli zonasidan bir oçko ajratib turibdi. Klaudio Raneri esa futbolçilariga işonişi va amaldagi çempion quyi ligaga tuşib ketmasligini ta'minlay olişini aytmoqda.
Özaro öyinlar
Ikkala jamoa şu kunga qadar biror marta töqnaş kelmagan. YeÇL doirasidagi öyin ikkala raqibning tarixiy töqnaşuviga aylanadi.
Öyin atrofidagi qiziqarli faktlar
– «Sevilya» öz tarixida faqatgina bir marta Çempionlar ligasi çorak finaligaça yetib borgan. Jamoa 1957/1958 yilgi mavsum çorak finalida musobaqaning bölajak ğolibi «Real»dan mağlub bölgan;
– YeÇL nimçorak finalidagi boşqa ikki iştirokida esa «Fenerbahçe» (2008) va Moskvaning «TsSKA» (2010) klublariga mağlub bölgan.
– andalusiyaliklar Yevrokuboklarda 2016 yilda öz uyida ötkazgan 7 öyinidan 5 tasida ğalaba qozongan, jumladan YeÇL guruh bosqiçida Zagrebning «Dinamo»si va «Lion» mağlub etilgan. Ikki mağlubiyatdan biri ham aynan guruh bosqiçida «Yuventus»dan qabul qilib olingan;












