2017 yil 22 fevral kuni Andijon viloyati hokimining qarori bilan Uluğnor va Böz tumani hokimlari özgartirildi. Bu haqda viloyat hokimligidagi manba Kun.uz'ga xabar bermoqda.

Hokim qaroriga köra, Yusupov Asilbek Akramoviç Uluğnor, Mamirov Abduraşid Rayimjonoviç esa Böz tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Yusupov bu lavozimga Sulaymonov Abduğofir Madaminoviçning örniga kelgan. Lavozimga tayinlanişdan oldin Asilbek Akramoviç Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş jamğarmasini boşqariş departament direktori lavozimida işlagan. 

Böz tumani hokimi sifatida şu kungaça Adilboyev Doniyorbek Nabijonoviç faoliyat körsatib kelayotgan edi. Mamirov Abduraşid bu lavozimga tayinlanişdan oldin Andijon viloyati hokimligi örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Mamirov Abduraşid

 

Yusupov Asilbek