Dacia kompaniyasi Stepway modellar qatorining yangi modeli – barça yöllar uçun möljallangan "Logan" universal avtomobilini taqdim qildi. Avtomobilning ilk namoyişi Jyeneva avtosalonida bölib ötadi. Maşina 50 millimetrga kengaytirilgan klirens (174 mm gaça) va böyalmagan plastikdan bezaklari bölgan osma elementlar oldi.  

Plastik bezaklar ğildirak arkalarida ham paydo böldi, old bamperlarda esa "metall rangdagi" bezak elementlari qöllangan. Yangi maşinaning yana bir öziga xos jihati, Sandero Stepway uslubidagi "3D-effekt"ga ega örindiqlar koplamasi böldi. Qolgan tomondan esa "Logan" oddiy universalni takrorlaydi. 

Yevropada model Laureate töplami bilan taklif qilinadi, unda navigatsiyali multimedia majmuasi, konditsioner, salonning qisman çarm bilan bezalişi, orqani köriş kameralari va toqqa çiqişda yordam beruvçi tizim közda tutilgan.

Motorlar qatoriga 90 ot kuçiga ega benzinli va dizel motor kiradi. Ikkala dvigatel ham 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.

Rossiya bozorida Ruminiyaning Dacia markasi modellari Renault brendi ostida taklif qilinadi, biroq Logan universali Largus nomi bilan sotiladi. Avtomobil birinçi avloddagi Dacia Logan universali bazasida qurilgan.