Finlyandiyaning Laxti şahrida ötayotgan çanği sporti turlari böyiça jahon çempionatida tomoşabinlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini venesuelalik çanğiçi Adrian Solano rosa kuldirdi. Solanoga "dunyodagi eng yomon çanğiçi" deb nom berişga ham ulgurişdi.

YouTube’da Solano musobaqalarda çanğida göyoki biror marta ham turmagandek harakatlangani videosi paydo böldi. U musobaqa davomida muvozanatini uşlay olmagan va muntazam yiqilib tuşavergan va oqibatda ötilişi kerak bölgan masofaning yarmidan çiqib ketgan.

Eurosport kanali besönaqay Solanoni maşhur Çarli Çaplinga qiyoslagan.

"2017 yilning eng yaxşi videosi uçun rasmiy nomzod", deb hazil qilgan Giulia Cicchine taxallusli foydalanuvçi tvitterda.

"Umid qilamanki, siz çanğida uçganingizda bu yigitçalik yomon uçmasangiz kerak", deb yozgan yana bir foydalanuvçi.

"Bi-bi-si" telekanalining ma'lum qilişiça, Solano bu poygagaça haqiqatan ham biror marta çanği kiymagan va qorda uçmagan. U faqatgina maxsus roliklarda maşq qilgan.  

Uning aytişiça, u bir oy Skandinaviyada maşq qilişi kerak bölgan, biroq politsiya bilan muammo sababli belgilangan joyga öz vaqtida yetib bora olmagan. 

"Men Parijga 19 yanvarda kelganimda Şvetsiyaga maşğulotlarga ketayotganimni aytganman. Biroq u yerda men venesuelalik çanğiçi ekanligimga heç kim işonmagan", deb eslamoqda bölgan voqealarni çanğiçi.