“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan, fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş sohasiga axborot texnologiyalarini keng tatbiq etiş maqsadida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasi faoliyati yölga qöyildi.
Mazkur virtual qabulxona jismoniy va yuridik şaxslarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi ariza, şikoyat yoki takliflarini qabul qiliş tartibini yanada soddalaştiriş imkonini beradi.
Qayd etiş joizki, ötgan 2016 yil davomida kasaba uyuşmalari tomonidan jami 7805 ta (şundan 579 ta elektron murojaat) körib çiqilib, 1688 nafar xodimning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi, fuqarolarning foydasiga iş beruvçilar tomonidan yetkazilgan 1 mlrd. 499 mln. 810 ming söm miqdoridagi zarar undirilişi ta'minlandi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasiga ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar va mehnat sohasidagi huquqlar himoyasiga oid masalalar böyiça murojaat qilişingiz mumkin.






