Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sijjak» dam olish maskani Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi
Muqaddam Gulnora Karimova egalik qilgan, 70 milliard so‘mga baholangan 5,38 gektarlik obekt 2021-2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgan edi.
«Sijjak» dam olish maskani O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024 yil 27 dekabrda qabul qilingan qarorda belgilab qo‘yilgan.
Ushbu dam olish maskani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Sijjak mavzesidagi «Sarbog‘» mahallasida joylashgan va birinchi prezident Islom Karimovning qizi Gulnoraga tegishli edi. Maskan 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Dastlab u O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berildi. So‘ngra auksion orqali sotuvga qo‘yildi.
5,38 gektar hududni egallagan va 70 milliard so‘mga baholangan obekt 2021-2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yilgan.
2023 yil 14 iyundagi prezident farmoniga ko‘ra, «Sijjak» dam olish maskani xususiylashtiriladigan obektlar ro‘yxatidan chiqarilib, 124-maktab-internatning balansida saqlanayotgan edi.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
11:50 / 03.05.2026
Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayish - hafta dayjesti
18:23 / 28.04.2026