Internetda syorfçi odamxör akula sifatida ma'lum bölgan katta oq akula ta'qibidan mö'jizaviy tarzda omon qolgani videosi paydo böldi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Avstraliyaning Janubiy Uels ştati hukumati tomonidan tasvirga olingan voqea ötgan yozda Ballin şahri yaqinida yuz bergan.

Dron yuqoridan syorfçi keyingi tölqinni kutib suvga oyoğini osiltirib ötirganda uning yonidan bir metrdan kamroq masofada akula suzib ötganini tasvirga olgan. Videoda akula dastlab tölqin uzra uçayotgan boşqa bir syorfçini nişonga olgandek körinadi, biroq aniqlanişiça, u yaqinroqda joylaşgan syorfçiga e'tiborini qaratgan. 

Videoda akula körinişiça heç narsadan bexabar bölgan syorfçi tomon töğri suzib kelib, unga juda yaqin kelgani, biroq natijada yirtqiç syorfçiga hamla qiliş niyatidan qaytib, boşqa tomonga suzib ketganini köriş mumkin. 

Naşrning ta'kidlaşiça, bu hududda 2014 yildan beri akulalarning odamlarga kamida 11 ta hujumi qayd qilingan va ulardan ikkitasi fojiali yakun topgan.