Xalq deputatlari Namangan tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Kun.uz'ga xabar berdi.
Sessiya işida viloyat hokimining örinbosarlari, viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlari, tegişli viloyat taşkilotlari rahbarlari, tumandan viloyat kengaşiga saylangan deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Xayrullo Bozorov ma'ruza qildi.
Viloyat rahbari Namangan tumanida ötgan bir yilda amalga oşirilgan quriliş-obodonlaştiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, qişloq xöjaligi sohalarida erişilgan natijalarni, hududning eksport salohiyatini oşiriş, xizmat körsatiş tarmoqlarida iş sifati va darajasini kötariş bilan boğliq tajribalarni alohida e'tirof etdi.
Şu bilan birga viloyat birinçi rahbari tumanda hali qilinişi zarur bölgan yumuşlar köpligini uqdirib, tuman faollari e'tiborini yangi iş joylari yaratiş, quriliş va obodonlaştirişga yönaltirilgan xayrli işlarni izçil davom ettiriş, kollejlarda ta'lim va tarbiya sifatini tubdan yaxşilaş, aholining rozi-rizoligi yölida fidoyilik bilan iş taşkil etişga qaratdi.
Şavkatjon Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasiga işga ötganligi munosabati bilan viloyat hokimining qaroriga köra, tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Hozirgaça «Namangan hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelgan Şuhratjon Abdulhayeviç Davronov tuman hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining şu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.







