Jahon | 01:32 / 26.02.2017
9201
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada yana bir masjidga qasddan o‘t qo‘yildi

Foto: by CAIR Florida Facebook Page

Floridaning Tampa shahridagi masjidda juma kuni qasddan yong‘in sodir etilgan. Bu Floridada olti oy ichida atayin uyushtirilgan navbatdagi yong‘indir.

Yong‘in Nyu-Tampa islom jamiyati binosida paydo bo‘lgan. Bu haqida o‘t o‘chiruvchilar tegishli idoraga xabar berishgan. 

Tergovchilarning ma'lum qilishicha, barcha dalillar to‘planib bo‘lgach, yong‘in atayin sodir etilgani aniqlandi. Alanga chiqqan mahal hech kim masjid ichida bo‘lmagan. 

“Jamiyatimiz jabr ko‘rgani bizni tashvishga solmoqda, bu jinoyatning o‘sishini yanada kuchaytirishi mumkin”, - deydi Floridaning Amerika-islom munosabatlari bo‘yicha kengashining matbuot kotibi Vilfreda Amr Ruis. 

Yong‘in oqibatida masjidning eshiklari, gilamlari yonib ketgan. 

Hukumat qayd etishicha, eshikdan buzib kirilgan, biroq hech qanday qurol o‘qi topilmadi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish