Hukumat qarori bilan “Davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim taşkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim taşkilotlari filiallarining xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim taşkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim taşkilotlari filiallari, umumiy örta va örta maxsus ta’lim, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim taşkilotlari qöriqlanişini, ta’lim-tarbiya jarayoni iştirokçilarining xavfsizligini ta’minlaş, qöriqlaşning texnik vositalari, yonğin signalizatsiyasi va videokuzatuv vositalari bilan jihozlaş tartibi, qoidalari va usullarini belgilaydi.

Qayd etilişiça, uşbu nizom talablari maktabgaça ta’lim muassasalariga hamda xavfsizlikni ta’minlaşda alohida idoraviy standartlar va talablarga ega bölgan ta’lim taşkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hujjatga muvofiq, ta’lim taşkilotlari öquvçilar va talabalar sonidan kelib çiqqan holda, qöriqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş uçun alohida toifalarga ajratiladi.

Maktablarning toifalari quyidagiça belgilanadi:

  • birinçi toifa - öquvçilari soni 3000 dan köp bölgan maktablar;
  • ikkinçi toifa - öquvçilari soni 1500 tadan 3000 tagaça bölgan maktablar;
  • uçinçi toifa - öquvçilari soni 300 tadan 1500 tagaça bölgan maktablar;
  • törtinçi toifa - öquvçilari soni 300 tagaça bölgan maktablar.

Oliy ta’lim, kasbiy va örta maxsus ta’lim taşkilotlari toifalari esa quyidagiça belgilanadi:

  • birinçi toifa - öquvçi, talabalari soni 1 000 dan yuqori bölgan ta’lim taşkilotlari yoki alohida korpuslar;
  • ikkinçi toifa - öquvçi, talabalari soni 500 dan 1 000 tagaça bölgan ta’lim taşkilotlari yoki alohida korpuslar;
  • uçinçi toifa - öquvçi, talabalari soni 500 tagaça bölgan ta’lim taşkilotlari yoki alohida korpuslar.

Öquv yili boşlanişidan bir oy oldin FVV, IIV huzuridagi Qöriqlaş departamenti va tegişli ta’lim taşkiloti ma’muriyati vakillari iştirokida ta’lim taşkilotlarining xavfsizligi örganiladi hamda ular toifalarga ajratiladi.

Ta’lim taşkilotlarida nazorat-ötkaziş rejimini ta’minlaş uçun nazorat-ötkaziş joyi taşkil etiladi. Ular hududiga begona şaxslar faqat ta’lim taşkiloti ma’muriyatining ruxsati bilan ma’muriyat vakillarining kuzatuvi ostida nazorat-ötkaziş joyi orqali kiradi.