Mutaxassislar auksionda 243 ming dollarga sotilgan, Adolf Gitlerning şaxsiy telefonining haqiqiyligiga gumon bildirişdi. Bu haqda Frankfurtdagi Aloqa muzeyi vakili Frank Gnegelga iqtibos keltirgan holda Frankfurter Allgemeine Zeitung naşri xabar bermoqda.  

"U aniq qalbakidir. Gitlerning telefoni Siemens&Halske (Germaniya) kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan, bunikida esa ingliz trubkasi. Heç qaçon bunday qilinmagan", deb aytmoqda mutaxassis.

Uning fikriça, auksionda sotilgan telefon keyinroq Buyuk Britaniyada yiğilgan.

Şuningdek, telefonning qizil rangga böyalgani ham şubha uyğotgan. "Siemens qora telefonni qizil rangga böyamay, uni rangli plastmassadan işlab çiqargan bölardi", deb ta'kidlamoqda Gnegel.

DPA

Uning qöşimça qilişiça, Gitler ramzi öyib tuşirilgan yozuvning qizil rangga böyalgani ham öşa zamonlar ruhiyatiga mos kelmaydi.

Gnegelning aytişiça, qurilma raqamni teriş çambariga egaligi ham şubha uyğotadi, çunki Gitlerning telefoni hamişa telefon stansiyasiga ulangan holda bölgan.

Bundan taşqari, Gnegel uşbu telefonning Gitlerning "yölda işlatadigan telefoni" deb ta'riflanganini ham tanqid qildi. "Telefonni yölga oliş ğoyasi faqatgina mobil telefonlardan foydalanuvçi avloddan çiqişi mumkin. U paytda vilkali telefon rozetkalari bölmagan. Telefon şunçaki devordagi rozetkaga ulangan bölgan, uni şunçaki özi bilan olib ketiş mumkin bölmagan", deb aytmoqda mutaxassis.   

"Gitler telefoni" 19 fevralda sotilgandi. Auktsion uyi ma'lumotlariga köra, Gitlerning nomi öyib tuşirilgan qurilma vermaxtning sovğasi bölgan. 1945 yilda sovet askarlari uni Gitlerning bunkerida aniqlaşgan va keyinçalik britaniyalik zobitga topşirişgan. Bu telefon zobitning oilasida saqlab kelingan. Uşbu telefon sotilişi vaqtida "butun dunyo böylab millionlab odamlarning hayotiga zomin bölgan eng qirğinbarot "qurol" bölsa kerak", deya ta'riflangan.