Yaponiyaning Sapporo şahrida bölib ötgan VIII qişki Osiyo öyinlari öz yakuniga yetdi. 26 fevral oqşomida Makomanay muz saroyida musobaqaning tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi.

Musobaqada Özbekiston şarafini figurali uçiş böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Mişa Ge himoya qildi. 

24 fevral sanasida ötkazilgan qisqa dasturda u Hongkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, Qozoğiston, Malayziya, Tayvan, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillaridan iborat 21 kişilik guruhda 76,18 ball bilan 8-örinni egalladi. 26 fevral kuni, ya'ni musobaqaning sönggi kunida esa u erkin dasturda öz omadini sinab kördi.  

Erkin dasturda Mişa Ge bir munça omadli qatnaşdi va yakunda 157, 75 ball bilan öz iştirokini 5-örinda yakunladi. Natijada har ikkala yönaliş böyiça umumiy 233,93 ball jamğargan sportçi VIII qişki Osiyo öyinlarida kuçli oltilikdan joy oldi. 

Figurali uçişda oltin medal yaponiyalik Uno Şomaga nasib etgan bölsa, xitoylik sportçilar Jin Boyang va Yan Xan mos ravişda kumuş va bronza medallariga sazovor bölişdi.

Umumjamoa hisobida esa musobaqada Yaponiya terma jamoasi a'zolari 74ta medal bilan birinçi örinni egallaşdi. Kunçiqar yurt vakillari 27ta oltin, 21ta kumuş va 26ta bronza medallariga ega çiqişdi. 

Janubiy Koreya terma jamoasi a'zolari 16ta oltin, 18ta kumuş va 16ta bronza bilan jami 50ta medal jamğarişdi va bu borada ikkinçi bölişdi. Xitoy terma jamoasi esa (12ta oltin, 14ta kumuş, 9ta bronza) kuçli uçlika yakun yasab berdi.