Pyongchang-2018: Misha Geda «sug‘ur kuni»
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
Figurali uchish bo‘yicha erkin dasturda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Misha Ge o‘z ishtirokini yakunladi. Bir kun muqaddam qisqa dastur 83,90 ballni qo‘lga kiritgan Ge, erkin dasturda 161,4 ballni qo‘lga kiritdi. Jami bo‘lib 244,94 ballga ega bo‘lgan Misha Ge turnirni 17-o‘rin bilan yakunladi. Qizig‘i 4 yil muqaddam Sochi olimpiadasida ham Misha aynan 17-o‘rinni egallagandi. Ammo bir narsani e'tirof etish kerak, Sochida Misha jami bo‘lib 203.26 (qisqa - 68,07, erkin - 135, 19) ball to‘plagandi. Bu safar u ballarini sezilarli ravishda oshira oldi, ammo bu yuqoriroq o‘rinni egallash uchun yetarli bo‘lmadi.
Bu turda birinchi o‘rinni bu safar ham yaponiyalik Yudzuru Hanyu qo‘lga kiritdi va ikki karra olimpiada chempioniga aylandi. Yana bir yaponiyalik Shoma Uno ikkinchi, ispaniyalik Xaviyer Fernandes 3-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018
Pyongchang-2018 Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi (foto)
15:30 / 28.02.2018