Taniqli insayder Evan @evleaks Blass öz mikroblogida Janubiy Koreya kompaniyasining yangi qurilmasi fotosuratlarini taqdim etdi.
"Öylaşimça, bu - siz uzoq kutgan narsa", - deya izoh bergan Blass sizib çiqqan fotosuratga.
Tasvirga köra, Galaxy S8 smartfonida Home tugmaçasi bölmaydi, displeyning yon tarafidagi ramkalar esa deyarli yöqoladi. Şuningdek tepa qismda közning rang pardasini skanerdan ötkazişga möljallangan maxsus datçik ham böladi. U Galaxy Note 7’da ham bölgandi.

Avvalroq sizib çiqqan ma'lumotlarga işonadigan bölsak, Samsung yangi qurilmasi ikki nusxada çiqadi: diagonali 5,8 va 6,2 dyuymga teng displeylarda. Har ikki nusxa ham simsiz quvvatlantiriş funksiyasiga ega bölib, çang va namlikdan himoyalangan.
Fevral oyi oxirida Janubiy Koreya kompaniyasi yangi smartfonning taqdimotiga taklifnomalar jönata boşladi – u Nyu-Yorkda 29 mart kuni bölib ötadi. Kompaniya bölajak qurilmaning öziga xos jihatlari haqida heç qanday ma'lumot bermadi.












