Özbekistonda faoliyat yurituvçi Uzpaynet kompaniyasi agentlari 1 martdan özlari istar-istamas qoidabuzarlar toifasiga kirib qolişdi. 

Bugun ham keçagidek, Toşkent va boşqa şahar hamda tumanlarda PAYNET xizmati orqali tölovlar uçun faqat naqd pul qabul qilinmoqda. «Terminal yöqmi?» savoliga xodimlar yelkalarini uçirib qöyişmoqda. Şunday holatga duç kelgan Podrobno.uz xodimi uşbu masala yuzasidan izoh sörab Uzpaynet kompaniyasiga murojaat qilgan. 

«Özbekiston Prezidentining 15 fevraldagi «Pul aylanmasini takomillaştiriş va plastik kartoçkalar orqali tölovlarni rivojlantiriş töğrisida»ga qarori qabul qilinganidan söng, biz barça agentlar bilan boğlanib, terminallar bor-yöqligi borasida öziga xos inventarizatsiya ötkazdik. Köpçilikda bu qurilma yöqligi aniqlandi. Bizning talabimiz böyiça barça agentlar zudlik bilan özlariga xizmat körsatuvçi banklar bilan boğlanişgan va terminal sörab ariza yozişgan», - degan kompaniyadagi agentlik manbasi. 

Ularning murojaati esa ötgan davr mobaynida ijobiy hal etilmagan, çunki ma'lum bölişiça, banklar ixtiyorida katta miqdorda terminallar bölmagan, borlari ham tadbirkorlik sub'yektlariga tarqatilgan. Prezident qarorida yetişmayotgan terminallar «qisqa muddatda» olib kelinişi, röyxatdan ötkazilişi va talabgorlarga yetkazilişi uqdirilgandi.

Umuman olganda şunday vaziyat yuzaga kelişini kutiş mumkin edi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning uşbu qarori e'lon qilingaç, poytaxt hokimiyatida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi vakilining ma'lum qilişiça, çakana savdo va pulli xizmatlar körsatiş şoxobçalarini inventarizatsiyadan ötkaziş böyiça ilk 4 kunda 1700ga yaqin terminal yetişmasligi aniqlangan. «Tekşiruv yakunida 5000−6000 terminal yetmasligi aniqlanişi ehtimol», - deyişgandi soliqçilar. 

Qisqa muddat, ya'ni 14 kun mobaynida bunday tanqislikning örnini töldiriş imkoni bölmagan körinadi. Şunga köra, 1 martdan terminali yöq çakana savdo va pulli xizmat körsatuvçi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat yuritişlari noqonuniy hisoblanadi. Şu örinda savol tuğiladi: terminal olişni xohlayotgan, ammo terminalni ololmayotganlar nima qilsin?