Toşkent aeroportining xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yölovçilar öz yuklarini taşlab, şaharda vaqt ötkazişi mumkin bölgan avtomatik javonlar örnatildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Xalqaro terminalda yuklarni saqlaş javoni:
- jönaş terminalining birinçi qavatida joylaşgan (4çi kiriş/çiqiş eşigi yonida);
- 24/7 işlaydi;
- yuklarni saqlaş narxi — bagaj hajmiga qarab 1 soat uçun 15 000 sömdan 40 000 sömgaça;
- ruxsat etilgan ölçamlar — standart — 60x50x80 sm, örta — 90x50x80 sm va katta — 180x50x80 sm.
Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlaş javoni:
- terminal içida uçib ketiş va uçib keliş zallari örtasida joylaşgan;
- 24/7 işlaydi;
- yuklarni saqlaş narxi soatiga 10 000 söm (barça turdagi bagaj uçun yagona tarif);
- ruxsat etilgan ölçamlar — kiçik — 43x50x34 sm, standart — 60x50x80 sm.
Avtomatik yuklarni saqlaş javoni uçun tölov quyidagi tartibda amalga oşiriladi: saqlaş joyi tanlanadi va naqd pul yoki bank kartalari orqali amalga oşiriladi. Ta’kidlanişiça, uşbu yuklarni saqlaş joylari E-austion.uz platformasidagi auksion yakunlari böyiça örnatilgan.













