Sportkarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan McLaren kompaniyasi 650S modeli örnini egallovçi yangi superkarining yiğiluvçi priborlar panelini namoyiş qildi. Uning ikkita displeyi bor: yirik ekranda avtomobil işlaşiga doir töliq ma'lumot aks etsa, kiçigida bu axborotlar ixçamlaşgan körinişda böladi. 

Elektron uskunalar qurilmasining işlaşi boşqaruvçi elektronikada tanlangan tartibga uzviy ravişda özgaradi. Standart tartibda katta ekran işlaydi. Unda bortkompyuterning masofa va yoqilği sarfi, tezlik, tanlangan uzatma, yoqilği zaxirasi, odometr va boşqa ma'lumotlarga doir raqamlari aks etadi. 

Trek tartibida (yoki maxsus tugma bosilgaç) katta ekran avtomatik ravişda aylanib, kiçik tor ekran işga tuşadi. Unda motor aylanmasi, tezlik, tanlangan uzatma va uzatma bosqiçini almaştiriş uçun qulay vaqtni körsatuvçi turli ranglar jilolanadi. 

McLaren kompaniyasining işontirişiça, kiçik ekran  — trek böyiça harakatlanişda juda qöl keladi, çunki unda ortiqça ma'lumotlar talab qilinmaydi. 

Superkar karbonli monokok, 4.0 litrli, 720 ot kuçiga yaqin V8 motorga ega böladi. Bundan taşqari, moslaşuvçan şassi, boşqaruv elektronikasida maxsus drift-tartib va faol aerodinamik elementlar örnatiladi. Kupe 0dan soatiga 200 km tezlikka 7,8 soniyada erişadi. Bu tezlikdan töliq töxtaş 4,6 soniyani taşkil etadi.