Ötgan yilning yozida Buyuk Britaniyada muxolif bölgan Leyboristlar partiyasining taxminan 26 ming a'zosi undan çiqiş haqida qaror qabul qildi. Ötgan yilda esa partiya safiga 210 ming yangi tarafdor kelib qöşilgan. Bu haqda Times gazetasi yuqori mansabli leyboristlar tomonidan berilgan ma'lumotlarga asosan xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotiga köra, bir yildan kamroq vaqt içida partiya biletlarini topşirganlar soni “avvalgi olti yil” böyiça körsatkiçlardan oşib ketgan. Ta'kidlanişiça, uşbu siyosiy kuç tarkibidan çiqiş haqida qaror qilganlarning uçdan ikki qismi 2015 yilgi umumiy saylovlardan söng leyboristlar safiga kelib qöşilgan. Şu tariqa Yevropadagi eng yirik söl partiya yangi tarafdorlarni jalb etiş böyiça biroz sekinlaşdi, ayni damda ularning soni 528 ming nafarni taşkil etmoqda.
Ma'lumki, ötgan oyda Leyboristlar partiyasining yetti mingga yaqin a'zosi yetakçi Jyeremi Kobrin partiyadoşlaridan tartib-intizomga rioya qiliş va Birlaşgan Qirollikni Yevropa Ittifoqidan çiqiş jarayonini közda tutgan qonun loyihasini uçinçi öqişda qöllab-quvvatlaşni talab qilganidan söng, uni tark etgan.
Leyboristlar ötgan haftada Angliya şimoli-ğarbidagi Kambriya grafligida parlamentga qöşimça saylovlarda konservatorlarga mağlub bölib, yirik zarbaga duç kelişdi. Bunday natija uşbu saylov uçastkasini 1935 yildan beri nazorat qilgan Leyboristlar partiyasi uçun katta yöqotiş böldi. Partiya deputatlaridan biri Jon Vudstokning xavotirli fikrlariga köra, partiya 2020 yilga möljallangan keyingi umumiy parlament saylovlaridagi “tarixiy va falokatli mağlubiyatga qarab ketmoqda”.








