Xitoyning yangi kruiz layneri Changle Princess (Malika Çanle) Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Sişa orollariga (Parasel orollari) ekoturistik yönaliş böyiça birinçi safariga jönadi.

Avvalroq layner operatori Hainan Strait Shipping Co. kompaniyasi uzunligi 126,6 metr va eni 20,5 metrlik layner Sişa orollariga mart oyida birinçi reysini amalga oşirişini ma'lum qilgandi.

Kema Sanya şahridagi Fenxuandao portidan 2 mart kuni jönagan.

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilişiça, kemada 330 yölovçiga möljallangan 82 ta kayuta, restoran, supermarket va tibbiy punkt mavjud.    

Avvalroq Xitoyning Xaynan viloyati 2020 yilgaça yana bir bahsli orollar – Nanşa (Spratli) orollariga muntazam kruiz safarlarini yölga qöymoqçiligi ma'lum qilingandi.    

Xitoy Sişa va Nanşa arxipelaglarini öziniki deb hisoblaydi va bu orollar hamda uning atrofidagi suv hududlaridagi faoliyati qonuniy ekanligi va Xitoy suvereniteti ostiga tuşişini ta'kidlab keladi. Bu orollarga mintaqadagi qolgan davlatlar ham da'vogarlik qilib keladi.