Nashrning xabar berishicha, Sinooil yoqilg‘i shoxobchalarida AI-92 benzini narxi 143 tenge, AI-95 hamda AI-96 narxi esa 155 tengega baholanmoqda.

Helios AYoQShlarida esa narxlar biroz arzonroq – bu yerda AI-92ning bir litri 142 teng, AI-95 esa 154 tengega teng.

"KazMunayGaz"da esa AI-92 narxi 141 tenge, 95 markasi esa – 154 tengeni tashkil etmoqda.

Bunga qadar AI-92 narxi o‘rtacha 140 tenge, AI-95 va AI-96 esa – 153 tengeni tashkil etgandi.

Ma'lumot uchun, mamlakatda benzin narxi 6 fevralda 140 tengega qimmatlashdi. Shu bilan birga, 21 fevralda AI-92 “Lukoyl” AYoQSh tarmoqlarida 145 tengegacha oshib ketdi.