“Özbekiston kiber futbol öyinlari assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat taşkiloti nomi “Özbekiston virtual sport öyinlari va kiber futbol federatsiyasi” nomiga özgardi.
Yangi taşkilot joriy yilning 28 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olindi. Uning asosiy vazifasiga mamlakat hududida virtual sportni ommalaştiriş, rivojlantiriş, virtual sport tadbirlari va musobaqalarini ötkazişni taşkil etiş, şuningdek, “Kiber Futbol” virtual sport turini rivojlantiriş kiradi.
Ma'lumot örnida: kiber futbol böyiça assotsiatsiya jahonda ilk bor Özbekistonda taşkil etilgan. Mazkur assotsiatsiya ilk bor Kibersport böyiça jahon çempionati – ESWCda munosib iştirok etgan. 2016 yilning noyabr oyida Özbekiston futbol federatsiyasi Assotsiatsiyaning yangi loyihasini qöllab-quvvatladi va jahonda ilk bor Professional kiber futbol ligasi – RCFL öz faoliyatini boşladi.










