Atrof-muhitning ifloslanişi dunyo böylab har yili 1,7 mln bolaning umriga zomin bölmoqda. Bu haqda 6 mart kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lum qildi. 

Taşkilotga köra, bir oylikdan 5 yoşgaça vafot etuvçi bolalar ölimining 4ta sababidan biri nosoğlom muhitdir. Ekspertlarning fikriça, havoning ifloslanişi, passiv çekiş, toza suv va sanitar çoralarning yöqligi hamda notöğri şaxsiy gigiyena şular jumlasidan. 

"Iflos atrof-muhit, ayniqsa, yoş bolalar uçun ölim tahdidini soladi. Ularning endi şakllanayotgan a'zolari, jajji tanasi va nafas oliş organlari iflos havo va suv qarşisida ojiz qoladi", - degan taşkilot boş direktoi Margaret Çen.

JSSTning qayd etişiça, bolalar umriga zomin bölayotgan eng keng tarqalgan diareya, bezgak va zotiljamga atrof-muhit holatini yaxşilaş bilan barham beriş mumkin.