«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes va jamoa boş murabbiyi Arsen Venger örtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Şu tufayli çililik futbolçi yozda klubni tark etmoqçi.

Daily Mail naşri xabariga köra, Venger Sançesning «Bavariya»ga (1:5) qarşi öyindagi harakatlaridan norozi bölgan, öz navbatida futbolçi aybni jamoadoşlariga tönkagan. Şundan söng, boş murabbiy uni «Liverpul»ga (1:3) qarşi öyinning boşlanğiç tarkibiga kiritmagan.

Venger uni böysunmay qöyganlikda ayblab, uning bu xulq-atvori jamoaga salbiy ta'sir körsatayotganini bildirgan.

Ayni paytda futbolçining kelajagi mavhumligiça qolmoqda. Avvalgi xabarlarda uşbu 28 yoşli futbolçi bilan «PSJ», «Yuventus» va «Inter» klublari qiziqqan edi. Turinliklar jamoasi rahbariyati uning transferi uçun 30 million yevro taklif etgan.