Xitoy bank tizimi 2016 yil yakunlariga köra faol aktivlar soni böyiça dunyoda yetakçi örinni egallab, Yevro hudud moliya tizimini ortda qoldirgan va AQŞ bank tizimidan  qariyb ikki marotaba ilgarilab ketgan.

Ayni vaqtda Xitoyga tegişli aktivlar miqdori 33 trln dollarga yetgan. Yevro hududning aktivlari summasi 31 trln dollar bölsa, AQŞ hisobida 16 trln dollar, Yaponiyada esa 7 trln dollar.

Şu tariqa, Xitoy bank sektorining körsatkiçi mamlakat yalpi içki işlab çiqariş miqdoridan 3,1 marotabaga özib ketgan.

Financial Times naşrining yozişiça, bu holat Xitoyning dunyo moliya bozoridagi örnining ösişida uning boşqaruv tizimidan qat'i nazar, jahonda global inqiroz oqibatlarini yengişida va milliy iqtisodiyotining tizimli rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Şu örinda mutaxassislar Xitoy bank tizimining öta taraqqiy etib ketişi mamlakat iqtisodiyotining bank moliyalariga boğlanib qolişidan taşqari zaxira fondlarini samarasiz taqsimlanişi hamda moliyaçilar tili bilan aytganda xavfli kreditlar sonining köpayişiga sabab bölişi mumkin.