Xitoy qurğoqçil yerlariga suv haydaş maqsadida Rossiyadagi Baykal köli suvini sotib olişni boşlaydi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu maqsadda 1,1 ming km lik quvur quriladi. Quvur Baykalning janubiy oxiridan Möğuliston hududi, Xesi toğ yölagi, Gobi çöli va Xitoyning Sintszyan-Uyğur muxtor tumani orqali Gansu viloyatining poytaxti Lançjouga ötkaziladi.
Naşrning anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, xitoylik diplomatlar Rossiya tomoni bilan bu loyihani muhokama qilişgan.
Rossiya hukumati naşrga Xitoy bilan bu masalada muzokaralar ötkazilganini tasdiqlagan. Xitoyda uşbu loyiha kölga ziyon yetkazmaydi, deb hisoblamoqdalar. Ularning ta'kidlaşiça, tortib olinadigan suv miqdori kölning ölçamlari oldida arzimagan miqdorni taşkil qiladi, Sibir esa şu tariqa iqtisodiy foyda oladi.
Baykal köli Şarqiy Sibirning janubiy qismida joylaşgan va sayyoramizdagi eng çuqur köl hamda çuçuk suv saqlanuvçi eng yirik tabiiy havza hisoblanadi. Kölning maksimal çuqurligi 1642 metrni taşkil qiladi. Baykal nomi kelib çiqişining turli taxminlari bor, ulardan biriga köra, köl nomi "boy" va "köl" sözlaridan tuzilgan bölib, "boy köl" deganini anglatadi.











