Nokia 3310 yangilangan telefoniga dastlabki buyurtmalarni qabul qilib olayotgan Carphone Warehouse kompaniyasi “juda katta talab” haqida ma'lum qildi, deb yozmoqda The Telegraph.

Xaridorlarda Nokia 3310’ga avvaldan buyurtma beriş imkoniyati rasmiy anonsdan bir hafta ötib paydo böldi.

- Nokia 3310’ga bunday katta qiziqiş, xaridorlar haqiqatdan ham telefonni oliş iştiyoqida ekanidan dalolat beradi, - deya aytib ötdi  Carphone Warehouse kompaniyasining savdolar böyiça direktori Endryu Uilson. U aynan qança buyurtma kelib tuşganiga oydinlik kiritmadi.

HMD kompaniyasi telefon çiqarilişi haqida ma'lum qilganidan söng, Nokia haqidagi qidiruvlar soni 797 foizga ortdi, deb yozadi The Telegraph.

Şu bilan birga, tahlilçilarning fikriça, kompaniya bor e'tiborini aynan Nokia 3310’ga qaratişi kerak emas.

- Yangi Nokia 3310 telefonining çiqarilişi kompaniya zamonaviy smartfonlarini ham bir çekkaga surib qöyişi mumkin, - deb hisoblaydi IHS Markit tahlil kompaniyasining bölim boşliği Yan Fogg. - HMD Nokia brendi faqatgina avvalgi xotiralarni yodga solişidan qoçişi kerak.

Ayni damda HMD öz smartfonlariga raqobatbardoş narxlarni taklif etişi kerak, bu Ğarbiy Yevropa bozorlarini egallaşda qöl keladi, deb hisoblaydi IHS Markit tahlilçilari.