Afsonaviy braziliyalik futbolçi Ronaldo «Real»dagi sobiq jamoadoşi Maykl Ouenning uning ortiqça vazn töplagani haqidagi haziliga munosabat bildirdi.

«Mening vaznim zamonaviy dunyo e'tiborini şunçalik öziga qaratayotganidan karaxt ahvoldaman. Töğrisini aytsam, buning qançalik qiziq ekaniga aqlim yetmayapti», – deya tan olgan braziliyalik futbolçi.

Ouenning sözlariga uning sobiq jamoadoşi Roberto Karlos ham izoh bergan.

«Bunday hazillarni yoqtirmayman. Ronaldo - mening yaqin döstim, bunday masalalarda ehtiyotkorlik bilan gapiriş lozim.

Ronaldoning tanasiga emas, balki yuragiga e'tibor qaratiş kerak, uning ulkan qalbi bor», – degan Karlos.

Maykl Ouen Ronaldoning hozirgi körinişi haqida hazilomuz fikr bildirdi