Xolida  (ismlar özgartirilgan) uç farzandi bilan beva qoldi. Özi şundoğam kamtarona hayot keçirayotgan oilaning boşiga oğir sinovlar tuşa boşladi. Erining vafotidan söng, yarim yilça aka-ukasi, ota-onasining kömagi bilan kun ötqazdi. Onasi hali yoş ekani, bolalar otasiz ösmasligini, boşqa turmuş qurişini uqtirib, holi-joniga qöymadi. Xolida unamadi, farzandlarini öyladi. Ögay baribir ögayda, öz bolasidek körarmidi?! Bolalarini yupun bölişini xohlamay, onasining gapini qat'iy rad etdi.

– Unday bölsa, bola-çaqangni olib yonimga köçib kel, – dedi onasi, – qişloqning bir çetida yolğiz boşing bilan turma, gap-söz köpayadi”. Xolida şundoğam katakdek hovlida uç kelin, bir quçoq nabiralar bilan yaşayotgan onasinikida ortiqça bölişini öylab, bu taklifni ham rad etdi. Aksiga olib, tayinli joyda öqimagan, biror hunari bölmagan Xolida nima qilişini bilmay qoldi. Öylay-öylay iş izlab körişga qaror qildi. Bolalarini boğçaga berib, özi işlasa, keçqurun farzandlari bağrida böladi. Körayotgan qiyinçiliklarini birov bilmasa, ana, farzandlari biladi. Peşonasiga şu taqdir bitilgan ekan, nimayam qilardi. Şu öylar bilan uyiga yaqin çoyxona, restoran, dökonlarga kirib, iş sörab çiqdi. Ofisiant qilib olişsayam kuni ötadi, qora qozoni qaynab tursa bas, sekin-sekin oyoqqa turib oladi. Tuş vaqtigaça iş qidirdi. Hamma joyda bir xil savol berişardi: ma'lumotingiz, oldin işlaganmisiz, tajribangiz bormi? Turmuşga çiqqandan buyon faqat uyda ötirgan Xolida uçun bu savollarga beradigan javobi qoniqarsiz bölardi. Şu sababli, u yana boşqa joyga iş sörab borişga majbur edi. Ba'zi joylarda hozir hamma joylar band, böşab qolsa, qönğiroq qilamiz, deb raqamini olib qolişdi. Ammo ulardan hadeganda javob kelavermadi.

Mana ikki haftaki, iş izlab, sarsonu sargardon. Xolidaning köngli buzildi. Eri bölganda edi, şunça qiyinçilik bölmas edi. Guldek hunari bor edi. Duradgorlik qilib, yomon bölmadi. Ikki yilda yangi uçastka solib, qaynotasinikidan ajralib çiqişdi. Danğillama hovli bölmasayam, har holda özlarining uyi. El qatori yaşab yurişgandi. Öşa mudhiş avariya bölmaganida edi hozir ham baxtli hayot keçirib yurgan bölardi. Xolidaning xörligi keldi. Yiğlamoqçi böldi. Ammo şundoq ham yiğlayverib, közida yoş qolmagandi. 
Ranglari oqarib, avvalgi holatidan asar ham qolmagan Xolida bir ahvolda, tuşkun kayfiyatda uyiga keldi. Qöşnisi Naziranikidan kiçigini olib, uyiga kirdi. Qizlari hali öqişdan kelmabdi. Qozonda qolgan keçagi ovqatni isitib, bolasiga berdi. Kattalari ham kelib qoldi. Ötirib ovqatlanişdi. Xolida biroz yengil tortgandek böldi. Bahromni quçoğiga olib, çarçaganidan uxlab qoldi. 

Ertangi kun yana iş qidirib yölga otlandi. Bu safar omadi keldi. Yölda Karim akani körib qoldi. Karim aka – otasining yaqin dösti. Xolidaning boşiga tuşgan işlardan bexabar ekan. Otasining hurmati unga yordam berdi. Bir töyxonaga idiş yuvuvçi qilib joylab qöydi.