Germaniyaning şimoliy qismi ustidan uçayotgan yölovçi samolyoti aloqaga çiqmay qöygaç, nemis hukumatida sarosima boşlandi. Air India aviakompaniyasiga tegişli samolyot aviadispetçerlarga javob bermay qöygaç, 5 ta atom elektrostansiyasida evakuatsiya ötkazildi.
Boeing 787 Dreamliner rusumidagi samolyot Vengriyadan Buyuk Britaniyaga reys amalga oşirayotgan bölgan. Uning bortida 239 yölovçi bölgan. Samolyot Germaniyadan ötayotganda 22 daqiqaga aloqaga çiqmay qöygan. Bu vaqt davomida samolyotni Çexiya, Germaniya va Belgiyaga qaraşli harbiy samolyotlar navbatma-navbat kuzatib borişgan. Spiegel naşri ma'lumotlariga köra, Germaniya harbiy-havo kuçlarining ikkita Eurofighter samolyoti uni Kyolngaça kuzatib borgan.
Germaniya hukumati samolyotni terrorçilar qölga olgan deb xavotirlangan. Biroq oqibatda samolyotda aloqa bilan muammolar yuzaga kelgani aniqlangan. Bunga esa texnik nosozlik yoki qurilmadan notöğri foydalaniş sabab bölgan bölişi mumkin.
Brokdorf, Brunsbyuttel, Gronde, Lingen va Untervezer kommunalaridagi AESlar evakuatsiya qilingan. Ayni vaqtda Brokdorfdagi AESdan taşqari boşqa stansiyalar yopilgan va işlamayapti.








