Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan Sögalli ota yodgorligi yonida 1990-yillar boşida masjid qurilişi boşlangan edi. Ammo, ayrim sabablarga köra, mazkur masjidda quriliş işlari töxtab qolgandi.

Masjidni barpo etiş işlari 1997 yilda töxtatilgan. 2013 yili dekabr oyida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari uşbu masjidga taşrif buyuradi. Masjid qurilişi nega töxtab qolgani hamda boşqa quriliş işlari bilan qiziqqan, xayrli duolar qiladi. Söng masjid qurilişida biroz siljiş bölib, masjid gumbazi qurib bitkaziladi.

Öşandan söng masjidni barpo etiş işlari yana töxtab qolgan. Quriliş töxtab qolganini eşitgan hazrat rosa xafa bölgan ekan.

Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida poytaxtning bir neça tumanlarida böldi. Prezident jumladan, mazkur masjid maydoniga taşrif buyurdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Çilonzor tumanida barpo etiladigan mazkur masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan böldi.

«Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi, — dedi Şavkat Mirziyoyev. — Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini örganişga va tarğib etişga, xalqimiz, yoşlarimizni diniy ma'rifat ruhida tarbiyalaşga bağişladi».

Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu masjid loyihasi bilan tanişar ekan, uni yanada takomillaştiriş, bunda xalqimiz va ulamolarning takliflarini ham örganiş zarurligini ta'kidladi.