Qoraqalpoğiston Respublikasi vazirlar kengaşi rasmiy sayti Qoraqalpoğiston axborot agentligiga asoslanib Dubay şayxlarining Qoraqalpoğistonga taşrifi haqidagi maqolani e'lon qildi.

Qayd etilişiça, Dubay şayxlari ov mavsumini ötkaziş uçun har yili Qoraqalpoğistonga keladi. Ular ruxsatnoma asosida mamlakat Qizil kitobiga kiritilgan quşlar bilan hayvonlarni ov qiladi.

Arablar asosan ovçi quş – loçin yordamida tuvaloq ovlaşni an'ana qilib olgan. Tuvaloq quşi Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanişni tartibga soliş va tabiatdan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisida»gi qaroriga muvofiq noyob va yöq bölib ketiş xavfi ostidagi turlar safiga kirgizilgan. Xorijiy fuqarolar va yuridik şaxslar uçun quşning donasi 6000 AQŞ dollari miqdorida belgilangan.