Vetnam Xitoydan Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga öz kruiz laynerlarini yöllaşni töxtatişni talab qilmoqda. Bu haqida Vtenam TIV vakilining ma'lumotiga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi. 

Mart oyining boşida Xitoyning yangi Changle Princess ("Malika Çanle") kruiz layneri Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Sişa orollariga ekoturistik yönaliş böyiça birinçi safarini amalga oşirdi. U 2-mart kuni Sanya şahridagi Fenxuandao portidan çiqib ketgan. 

"Vetnam bunga qat'iy qarşilik qiladi va Xitoydan Vetnam suverenitetini hurmat qiliş, şuningdek xalqaro qonunçilikka rioya qiliş va bunday harakatlarni töxtatişni talab qiladi", - dedi Vetnam TIV vakili Le Xay Bin.

Xitoy va mintaqadagi bir qator mamlakatlar - Yaponiya, Vetnam va Filippinning dengiz çegaralari, şuningdek Janubiy Xitoy hamda Şarqiy Xitoy dengizlarining mas'uliyat zonalari böyiça kelişmovçiliklari bor.

Xitoy Sişa va Nanşa arxipelaglarini öz hududi deb hisoblaydi hamda uning bu hududdagi harakatlari töliq qonun doirasida ekanini ma'lum qildi.