Yaponiya öz tarixida ilk bora qora ikra eksportçisiga aylandi. Kiçik miqdordagi bu öta tansiq mahsulot şu oyda Honkongdagi eng yaxşi mehmonxonalardan biriga jönatilgan, deb xabar bermoqda TASS işlab çiqaruvçi Japan Caviar kompaniyasi prezidenti Motoo Sakamotoga asosan.

"Eksport hozirça faqatgina Honkongga qilinadi, biroq bizda Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlaridan ham buyurtmalar bor, - dedi u. – Şu bilan birga, xorijga mahsulot yetkazib berişni kengaytiriş uçun işlab çiqariş jarayonimizning kiçikligi xalaqit bermoqda. Biz yiliga atigi tonnagaça qora ikra olamiz".

Japan Caviar Kyusyu orolining janubi-ğarbidagi Miyadzaki prefekturasida bakrabaliqni köpaytiriş bilan boğliq tajribani 1983 yilda boşlagan. Firma öttiz yildan keyin qora ikrani sotiş haqida qaror qabul qildi. Ayni damda uning mahsuloti butun Yaponiya böylab joylaşgan restoranlarga yetkazib beriladi.

Japan Caviar – mamlakatdagi eng yirik qora ikra işlab çiqaruvçisi bölib, biroq uni mamlakatning boşqa firmalari ham taqdim etadi. Yaponiya kompaniyalari kelajakda bu mahsulot bilan Osiyo, AQŞ va Yevropa Ittifoqi bozoriga çiqişni rejalaştirgan.